g.inagamova@udea.uz
+998 78 888 08 00
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 2023-yilda tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z vazifalaridan kelib chiqib, talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garak, klublarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Shu bilan birga talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda universitet Axborot-resurs markazining ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qilib boradi. Bo‘lim yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda universitetning jamoat tashkilotlari bilan faoliyat olib boriladi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Bo‘limining asosiy maqsadi
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) hamda oliy ta’lim tashkilotlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari bilan Universitet nomidan barcha tegishli jarayonlar bo‘yicha asosiy bog‘lovchi sifatida ishtirok etish;
– Universitet xodimlari va talabalari uchun Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga oid targ‘ibot-tashviqot ishalrini tizimli yo‘lga qo‘yish;
– talaba-yoshlarning Respublika doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash;
– talaba-yoshlar orasida maʼnaviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari va arboblari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish;
– yoshlarni ezgulik va insonparvarlik, milliy urf-odatlar hamda qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish;
– Fakultetlar bilan birgalikda talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirish;
– iste’dodli talaba-yoshlarlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
– Universitetda maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ishlab chiqish;
– Universitetda ma’naviy va ma’rifiy faoliyatni tashkil etish.