UDEA

Doktorantura

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil-22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2024-yil uchun08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov e’lon qiladi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2024 yil 25- iyuldan – 25-avgustgacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda toʼrt marta qabul qilinadi.

Har bir nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi onlayn qabul tizimidan ham yuqorida keltirilgan muddatda roʼyxatdan oʼtishlari talab etiladi http://phd.mininnovation.uz/

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun, kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g’risidagi diplom nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplom yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • pasport nusxasi, to‘rt dona rasm (3×4 o‘lchamda);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  • Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Eslatma:  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

  • magistr diplomiga (ixtisoslik bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
  • belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar;
  • kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) ga ega bo‘lganlar.