Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Yangiliklar

2023-yil 7-iyul kuni mahalliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga navbatdagi kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli abituriyentlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu kirish imtihoni 4-ta sessiyada bo‘lib o‘tadi: 9:00 11:15 14:15 16:30   Har bir abituriyent uchun belgilangan imtihon vaqti SMS orqali yuboriladi hamda operatorlarimiz...

2023-yil 15-iyun kuni UDEA tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida namunali xulqi, jamoat ishlarida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki va tashabbuskorligi uchun talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Rektor kubogi -2023” futbol musobaqasi sovrindorlari hamda o‘quv yili davomida Universitetning barcha tadbirlarida ishtirok etgan talabalarga ijtimoiy faolliklarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida sertifikat va sovg‘alar taqdim etildi. Universitetning...

2023-yil 8 va 9-iyun kunlari UDEA tomonidan “Rektor kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi

Unda talabalardan tashkil topgan 4 ta jamoa hamda universitet xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Futbol musobaqasi yakunlari bo‘yicha, MMT-01 talabalar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va «2023-yil Rektor kubogi» sohibiga aylandi....

2023-yil 16-iyun kuni mahalliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga navbatdagi kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli abituriyentlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu kirish imtihoni 4-ta sessiyada bo‘lib o‘tadi: 9:00 11:15 14:15 16:30 Har bir abituriyent uchun belgilangan imtihon vaqti SMS orqali yuboriladi hamda operatorlarimiz tomonidan...

Talabalar orasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhit yaratish, talabalarning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida 2023-yil 8 va 9-iyun kunlari “Rektor kubogi” futbol musobaqasi o‘tkazilish arafasida

Ushbu munosabat bilan, barchangizni o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi manzilga taklif qilib qolamiz: Sana: 8 va 9-Iyun Vaqti: 17:00 – 20:00 Manzil: Chilonzor-3, Toshkent Mo‘ljal: Yuriy Gagarin haykali Google maps: https://goo.gl/maps/HvyZAgFKHQv2Yz3c7

2023-yil 5-iyun kuni UDEA O‘zbekiston Respublikasi Xususiy maktablar uyushmasi raisi Vahabova Firuza Narimanovna bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Ikkala tomon ham kelgusida samarali hamkorlikka umid bildirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 3-iyun kuni UDEA o‘z talabalari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

Sayohat davomida talabalar Samarqandning bir qancha diqqatga sazovor joylari, jumladan, G‘ori Amir maqbarasi, Shoxi-Zinda maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qildilar. Shuningdek, ular qoraxoniylar va temuriylar zodagonlari maqbarasi ansambli hamda uchta...

2023-yil 2-iyun kuni UDEA talabalari uchun “Diniy ekstremizm va Islom ta’limotiga zid g‘oyalar – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda diniy ekstremizmning xavotirli avj olib borayotgani va uning yoshlarga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berildi. Tadbirda Islom dini ta’limotiga zid bo‘lgan, yosh avlod kelajagiga tahdid soladigan g‘oyalar haqida so‘z yuritildi....

UDEA hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan o‘tgan muvaffaqiyatli uchrashuv haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Uchrashuv ikki tashkilot o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

O‘tkazilgan muhokamalar davomida hamkorlikning turli yo‘nalishlari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi. Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri UDEA kampusida IELTS imtihonlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘ldi. Ushbu hamkorlik UDEA talabalari va keng jamoatchilik uchun...
1 2 3 4 5 6 8